Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O`zbekiston va Italiya: hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

O`zbekiston va Italiya: hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) hamda O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi "Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sektorining "yashil iqtisodiyot"ga inklyuziv o'tishini qo'llab-quvvatlash va iqlimga yo'naltirilgan qishloq xo'jaligi bilimlari va innovatsion tizimini rivojlantirish" (EU-AGRIN) loyihasi doirasida Toshkent, Farg'ona va Qashqadaryo viloyatlarida qishloq xo'jaligini rivojlantirishga qaratilgan 18 ta Innovatsion guruhlar tashkil etilgan. Innovatsion guruhlar tomonidan taklif etilgan loyihalar moliyalishtirilib, hozirda o'z faoliyatini olib bormoqda. Ma'lumki, 17 ta innovatsion guruhlariga ilmiy-tadqiqot institutlari yetakchilik qilmoqda. Shu munosabat bilan, joriy yilning 5-fevral kuni Paxta seleksiyasi, uru`gchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga Italiyaning Qishloq xo`jaligi tadqiqotlari va iqtisodiyoti kengashi (CREA) ekspertlari tashrif buyurdi. Tashrif davomida, institutning bugungi holati, moddiy texnikaviy bazasi, institut va uning laboratoriyalari faoliyati, amalga oshirilayotgan loyihalar va erishilgan natijalari bilan tanishdilar. Tashrif yakunida, institut va CREA tashkiloti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilinib, qo`shma loyiha hamda yosh olimlar uchun stajirovkalar tashkil qilishga kelishildi. Bizni kuzatishda davom eting.

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.