Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

O‘zbekiston va Janubiy Koreya: qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilm-fanida hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston va Janubiy Koreya: qishloq xo‘jaligi ta’limi va ilm-fanida hamkorlik kengaymoqda
Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda Janubiy Koreyaning Seul universiteti (University of Seoul) o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ta’lim va ilm-fan rivojini qo‘llab-quvvatlash, xalqaro tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan mazkur loiha doirasida: qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida qo‘shma ilmiy-tadqiqot dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish; professor-o‘qituvchilar, olimlar va tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish; xorijiy mutaxassislar va talabalar tashriflarini tashkil etish; qo‘shma ilmiy tadqiqotlar, ma’ruzalar va o‘quv-treninglar o‘tkazish; ilmiy adabiyotlar va tadqiqot materiallari almashinuvini rivojlantirish nazarda tutilgan. Ushbu tashabbus qishloq xo‘jaligi kadrlari salohiyatini oshirish, ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.