Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston va Niderlandiya qishloq xo‘jaligida ilmiy-amaliy hamkorlikning yangi bosqichi

O‘zbekiston va Niderlandiya qishloq xo‘jaligida ilmiy-amaliy hamkorlikning yangi bosqichi
Xabaringiz bor, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan O‘zbekiston–Niderlandiya qishloq xo‘jaligi hamkorligiga bag‘ishlangan simpozium doirasida ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va istiqbolli loyihalarni muhokama qilish jarayonlari qizg‘in davom etmoqda. Niderlandiya Qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, oziq-ovqat xavfsizligi va tabiat vazirligi huzuridagi Agrar soha bosh boshqarmasining urug‘chilik bo‘yicha siyosat mutaxassisi Marien Valstar, Niderlandiya Bog‘dorchilik bo‘yicha nazorat xizmati tashkiloti (Naktuinbouw) katta siyosat mutaxassisi va taksonomisti Marko Hoffmann boshchiligidagi delegatsiyasi vakillari ushbu simpozium doirasida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Delegatsiya vakillariga institutning boy tarixi, bugungi kunda erishilgan yutuqlari va sohaga oid dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv davomida tomonlar kasalliklarga chidamli va hosildor navlarni yaratishda niderland tajribasini qo‘llash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashishda zamonaviy, ekologik xavfsiz yondashuvlarni joriy etish, mahsulot yetishtirish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish va resurs tejovchi usullarni kengaytirish, ikki davlat olimlari va yosh tadqiqotchilari o‘rtasida o‘zaro malaka oshirish tizimini yo‘lga qo‘yish bo'yicha fikrlashdilar. Niderlandiyaning urug‘chilik va bog‘dorchilik sohasidagi boy tajribasidan samarali foydalanish O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda sifat va samarani ta'minlashga xizmat qiladi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.