O'ZBEKISTON VA POKISTON ILMIY HAMKORLIGI

Ayni kunlarda Pokiston Islom Respublikasining Faysalobod shahrida joylashgan G'allachilik ilmiy-tadqiqot institutida "Iqlim o'zgarishi va oziq-ovqat xavfsizligida g'allachilikning ahamiyati" mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tmoqda.
Mazkur xalqaro konferensiyada Milliy markaz tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqoqt instituti direktori Oybek Amanov va Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori Diyor Jo'rayevlar ishtirok etmoqda.
Olimlar issiqqa, sho'rga va qurg'oqchilikka chidamli g'allaning gibrid urug'larini yaratish, qo'shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish bo'yicha o'zaro muloqot olib bormoqda. Konferensiya doirasi memorandumlar imzolash va qo'shma loyihalarni amalga oshirish reja qilingan.
Mazkur xalqaro ilmiy anjuman 26-fevral kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahrida davom etadi.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube