O‘zbekiston va Tojikiston agrar soha ilm-fanida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Shu kunlarda Respublika Agroxizmatlar markazi direktori Akmal To‘lanov rahbarligidagi, Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar vakillaridan iborat delegatsiya Tojikiston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.
Xizmat safari doirasida O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi akademiyasi tizimidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan qator muhim kelishuvlarga erishdi. Xususan, Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti Tojikistondagi yirik ilmiy markazlardan biri — Dehqonchilik instituti bilan o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Shuningdek, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ham Bog‘dorchilik, uzumchilik va sabzavotchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandumni imzoladi.
Mazkur kelishuvlar ikki davlat o‘rtasida agrar ilm-fan, innovatsiya va ilg‘or tajribalar almashinuvini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube