Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi

O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi
Bugun, Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida joylashgan O‘zbekiston elchixonasida bo'lib o‘tayotgan "O‘zbekiston-Xitoy agrar ta’lim forumi"da O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov, Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti prorektori professor Wu Pute hamda Sinszyan universiteti rektori Syao Fu va bir qator qishloq xo‘jaligi universiteti rahbarlariishtirok etmoqda. Hozirda, Toshkent davlat agrar universiteti Shimoliy-G‘arbiy Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi universiteti hamda Sinszyan universiteti bilan bir qator hamkorlik loyihalarini amalga oshirib kelmoqda. Yaqinda Sinszyan universitetining 20 nafar o‘qituvchi va talabalaridan iborat guruh Toshkent davlat agrar universitetiga amaliyot o‘tash uchun kelgani ham O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasidagi ko‘p yillik manfaatli hamkorlikning yana bir ko‘rinishidir. Aytish kerakki, Xitoy O‘zbekiston bilan ko‘p tomonlama amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, bu ham aynan Xitoylik hamkorlarning O‘zbekistonga qiziqishining nihoyatda kuchli ekanligidan dalolat beradi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.