Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O’zbekiston-Xitoy” Yanlin innovatsion agrotexnoparki tashkil etiladi

O’zbekiston-Xitoy” Yanlin innovatsion agrotexnoparki tashkil etiladi
“O’zbekiston-Xitoy” Yanlin innovatsion agrotexnoparkini tashkil etish loyihasi davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshirgan rasmiy tashrifida ikki davlat rahbarlari tomonidan imzolangan kelgusi hamkorlik rejalari doirasida amalga oshirilmoqda. Xitoyning Shenzi provensiyasi Yanlin shahrida bo'lib otgan 31-Xalqaro qishloq xo'jaligi yarmarkasida faxriy mehmon sifatida ishtirok etgan Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov Milliy markaz huzurida agrotexnopark tashkil etish loyihasini taqdimot qilgan edi. Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov va Xitoy Xalq Respublikasining Yanlin xalqaro qishloq xo‘jaligi kompaniyasi direktori Chengbing hamda "TIANYE AGRO" kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida ushbu loyihani amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. ⌛ Uchrashuvda tomonlar loyihani amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini muhokama qildilar. Ta’kidlandiki, ushbu yirik loyiha doirasida tashkil etiladigan innovatsion agrotexnopark 100 gektar maydonda barpo qilinadi. Unda yuqori samarali qishloq xo‘jaligi ekinlari va texnikalarning namoyish maydoni tashkil etiladi. Agrotexnoparkka tashrif buyuruvchilar bu yerda zamonaviy urug‘chilik va ko‘chatchilik imkoniyatlaridan foydalanishlari, o‘zlari uchun manfaatli bo‘lgan qishloq xo‘jalik ekinlarining yuqori avlodli urug‘liklariga buyurtma berishlari mumkin bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, tayyor urug‘ va ko‘chatlarni fermer va dehqon xo‘jaliklariga yetkazib berish mexanizmi joriy etiladi. Qayd etildiki, Milliy markaz huzurida hamkorlikda tashkil etiladigan mazkur innovatsion agrotexnopark erkin iqtisodiy hudud maqomiga ega bo‘ladi. Kelgusida unga rezident bo‘lib kirgan qishloq xo‘jaligi subyektlariga tegishlicha imtiyoz va preferensiyalar berish ham ko‘zda tutilmoqda. Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.