O‘zbekistonda g‘allachilikni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar

CIMMYT xalqaro ilmiy markazining Global Wheat Program direktori, doktor Flavio Breseghello Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlari hamda mavjud ilmiy infratuzilma bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot davomida O‘zbekistonda g‘allachilik yo‘nalishida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi loyihani muhokama qilish, uning ilmiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va hamkorlik mexanizmlarini belgilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mazkur loyihaga mamlakatimizdagi soha olimlari va yetakchi ilmiy muassasalarni keng jalb etish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitiga mos, abiotik va biotik stress omillariga chidamli, yuqori hosildor — gektaridan 100 sentnerdan ortiq hosil berishga mo‘ljallangan g‘alla navlarini zamonaviy seleksiya usullari asosida yaratish hamda ularning urug‘chilik tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqot yakunida genetik resurslardan seleksiya dasturlarida samarali foydalanish, zamonaviy genomik va seleksion yondashuvlarni joriy etish, milliy ilmiy salohiyatni birlashtirish hamda g‘alla yetishtirish yo‘nalishidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube