O'zbekistonda ilk bor tolali zig'r o'simligi yetishtirildi!

Qishloq xo'jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Tolali ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti hamda O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tolali zig‘ir ekinini mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga moslashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Tadqiqotlar doirasida ekinning biologik xususiyatlari, o‘sish va rivojlanish bosqichlari, agrotexnika talablari hamda hosildorlik ko‘rsatkichlari kompleks tarzda o‘rganilib, 2025-yilda Belorusyadan olib kelib ekilgan Grant, Dukat, Lada, Avgustin va Aktsent navlari ilk bor O‘zbekiston sharoitida to‘liq vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli o‘tab, pishib yetilgani qayd etildi.
Ushbu videoda institut labaratoriya mudiri Dilshod G'ofurov olib borilayotgan tadqiqotlar haqida batafsil ma'lumotlarni taqdim etgan.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube