O‘zbekistonda oziq-ovqat innovasion guruhlarini e’lon qilish hamda natijalarga asoslangan monitoring va baholash” mavzusida o‘quv seminar

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi "International Hotel Tashkent" mehmonxonasida “O‘zbekistonda oziq-ovqat innovasion guruhlarini e’lon qilish hamda natijalarga asoslangan monitoring va baholash” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tyapti.
Unda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlarining ilmiy jamoalari ham faol ishtirok etmoqda.
Ushbu seminar Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, Birlashgan Millatlar
Tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikdagi “Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sektorining yashil iqtisodiyotga inklyuziv o‘tishini qo‘llab quvvatlash va iqlimga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovasion tizimini rivojlantirish (EU-AGRIN)” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.