Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

O‘zbekiston–Eron agrar aloqalarida yangi sahifa ochilmoqda

O‘zbekiston–Eron agrar aloqalarida yangi sahifa ochilmoqda
Bugun poytaxtimizdagi “Azimut” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi Elchixonasi tashabbusi bilan O‘zbekiston–Eron qishloq xo‘jaligi biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning bosh maqsadi — ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosini rivojlantirish, ilg‘or texnologiyalarni jalb etish hamda yangi qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etishdan iborat. Tadbir davomida agrar sohaning ko‘plab istiqbolli yo‘nalishlari qamrab olindi. Xususan, chorvachilik va veterinariya, parrandachilik, baliqchilik va akvakultura, yem-xashak yetishtirish, urug‘chilik, ko‘chat yetishtirish, bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikalari, agrodronlar va zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Forumning eng muhim va amaliy qismlaridan biri esa O‘zbekiston va Eron ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi B2B uchrashuvlar bo‘ldi. Bu muloqotlarda tadbirkorlar o‘z mahsulot va xizmatlarini namoyish etish, yangi hamkorlar topish, eksport-import imkoniyatlarini kengaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini muhokama qilish hamda mavjud loyihalarni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Aslida, bunday uchrashuvlarning ahamiyati faqat muzokaralar bilan cheklanmaydi. Eng muhimi, muzokara stoli atrofida bildirilgan tashabbuslar aniq loyihalarga, kelishuvlar esa yangi ishlab chiqarish quvvatlari, zamonaviy texnologiyalar va yangi ish o‘rinlariga aylanishi mumkin. Bugungi biznes-forum ana shu imkoniyatlarni amaliy harakatga aylantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Tadbir doirasidagi ochiq muloqotlar, B2B uchrashuvlar va ilgari surilgan tashabbuslar ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.