O‘zbekistonga Iordaniyadan Avassi qo‘ylari olib kelindi

Avval xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga Iordaniya Hoshimiylar Podshohligidan yurtimizga ilk bor dunyodagi mashhur sut yo‘nalishidagi qo‘y zotlaridan biri — Avassi qo‘ylari olib kelingan.
Avassi qo‘ylari, ayniqsa, yuqori sut mahsuldorligi bilan ajralib turadigan zotlardan biri hisoblanadi. Ushbu zotning O‘zbekistonga olib kelinishi mamlakatimizda sut yo‘nalishidagi qo‘ychilikni rivojlantirish, yuqori mahsuldor qo‘ylarni ko‘paytirish va seleksiya ishlarini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.
Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube