O‘zbekistonga Koreyadan grant asosida 50 ta metan gazida ishlaydigan traktor olib kelinadi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Janubiy Koreyaning "Jeonbuk Technopark" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi hamkorlik doirasida mamlakatimizga grant asosida 50 ta metan gazida ishlaydigan traktor olib kelish hamda ulardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida mazkur texnikalarning 35 tasini Respublika agroxizmatlar markazi (AKIS)ga, qolgan 15 tasini esa Innovatsion rivojlanish agentligiga topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu loyiha qishloq xo‘jaligida zamonaviy, energiya tejamkor va ekologik toza texnologiyalarni keng joriy etish, soha samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube