Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

O‘zbekiston–Misr: cho‘l-yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘zbekiston–Misr: cho‘l-yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutida Misr delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad agrar sohada o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xususan, yem-xashak ekinlarini yetishtirish hamda cho‘l-yaylov yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy aloqalarni rivojlantirishdan iborat. Uchrashuv davomida tomonlar ozuqabop ekinlar seleksiyasi, cho‘l va yaylov hududlari mahsuldorligini oshirish hamda iqlim o‘zgarishiga chidamli navlarni sinovdan o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar. Misrlik mutaxassislar institutning ilmiy-tadqiqot salohiyati, laboratoriyalar faoliyati va tajriba dalalarida olib borilayotgan seleksiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.