O‘zbekiston–Tojikiston: agrar soha ilmida hamkorlik yangi bosqichda

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Respublika agroxizmatlar markazi direktori Akmal To‘lanov boshchiligida Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalar vakillaridan iborat delegatsiya Tojikiston Respublikasida xizmat safarida bo‘ldi.
Xizmat safari doirasida 2026-yil 16–18-mart kunlari Dushanbe shahrida qo‘shma seminar-treninglar tashkil etildi. Unda O‘zbekiston va Tojikistonning yetakchi olimlari hamda sohadagi mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida o‘zbekistonlik olimlar tomonidan mamlakatimizda yaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari, zamonaviy agrotexnologiyalar va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. Shuningdek, ilmiy ishlanmalarning samaradorligi, hosildorlikni oshirish hamda resurs tejovchi texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan aniq misollar keltirildi.
O‘z navbatida, tojikistonlik olimlar ham o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Ular mahalliy sharoitda qo‘llanilayotgan agrotexnologiyalar, seleksiya yutuqlari hamda fermer xo‘jaliklarida samara berayotgan usullar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shu bilan birga, seminar-treninglar doirasida o‘zaro tajriba almashishni kengaytirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish va qishloq xo‘jaligida bilim hamda innovatsiyalarni yanada keng joriy etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube