Ozuqa ekinlari — chorvachilik samaradorligining asosi

Xabaringiz bor, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda “Uzagrostar” holding kompaniyasi hamkorligida 20–26-aprel kunlari o‘quv seminari tashkil etilmoqda. Seminar ishtirokchilari dastlabki o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamladi hamda ularga sertifikatlar topshirildi.
Bugun seminarning navbatdagi guruh ishtirokchilari uchun "Chorvachilikda ozuqa ekinlarining o'rni" mavzusidagi o'quv mashg‘ulotlari boshlandi.
Dastur avvalida institut direktori Rustam Nizomov ishtirokchilarga institut faoliyati, seminar mazmuni va uning amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mashg‘ulotlar soha mutaxassislari va xalqaro ekspertlar ishtirokida olib borilmoqda. Ishtirokchilar o'quv dasturlari davomida chorvachilikda mustahkam ozuqa bazasini yaratish, ozuqa ekinlarini yetishtirishning zamonaviy usullari, resurslardan oqilona foydalanish, ilg‘or tajribalar va innovatsion yondashuvlar haqida nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamlaydi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube