Paxta terimiga tayyorgarlik: Navoiyda mexanizatorlar uchun seminar o‘tkazildi

Joriy yilgi paxta yig‘im-terimi mavsumida hosilni sifatli va samarali yig‘ib olish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda sohaga aloqador tashkilotlar tomonidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-fevraldagi PQ-67-son qarori ijrosini ta’minlash hamda paxta terimi jarayonida qishloq xo‘jaligi texnikasidan samarali foydalanish maqsadida Navoiy viloyatida maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.
Kurslarda qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari, mexanizatorlar, yordamchi mutaxassislar, ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillari hamda viloyat va tuman tashkilotlari mas’ullari ishtirok etdi.
Shu yil Navoiy viloyatiga 30 ta zamonaviy paxta terish mashinasi yetkazib berildi. Jumladan: 13 ta “BOSHIRAN 4MZ-AC”, 2 ta “SWAN 4MZ-4”, 2 ta “John Deere 9970”, 13 ta “FM WORLD”.
Mashg‘ulotlarda ishtirokchilarga texnikalardan to‘g‘ri foydalanish, ularga xizmat ko‘rsatish hamda mavsum samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Seminar yakunida mexanizatorlarga sertifikatlar topshirilib, ularning bilim va malakalari tasdiqlandi.
Ushbu chora-tadbirlar kelgusi paxta terimi mavsumida hosilni tezkor va sifatli yig‘ib olishga xizmat qilishi bilan birga, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya jarayonini yanada rivojlantirishga zamin yaratadi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram