Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov rahbarligida navbatdagi kengaytirilgan seminar tashkil etildi. Video-konferens-aloqa shaklida tashkil etilgan yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, departament va boshqarma rahbarlari, hokimlarning qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat va tumanlardagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi. Yig‘ilishda paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik, qishloq xo‘jaligi texnikalaridan samarali foydalanish, hosilni nobud qilmasdan yig‘ib olish, transport va tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Ayni paytda mamlakatimizda 1 800 dan ortiq paxta terish mashinasi mavjud. Yig‘ilishda ushbu texnikalarni mavsumga puxta tayyorlash, texnik holatini ko‘rikdan o‘tkazish va hududlar kesimida samarali taqsimlash muhim vazifa ekani ta’kidlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i Abrol Vaxabov hamda O‘zbekiston Fermerlar kengashi raisi Axtam Xaitov paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik va mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, paxta terish mashinalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, terilgan hosilni o‘z vaqtida qabul punktlariga yetkazish, transport masalasini muvofiqlashtirish hamda hosil nobudgarchiligiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha vazifalar belgilandi. Yig‘ilishda hududlardagi fermer xo‘jaliklari rahbarlarining taklif va tavsiyalari ham tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida mavjud muammolarni tezkor hal etish va paxta yig‘im-terimini samarali tashkil qilish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi. Yakunda mas’ullarga mavjud texnika va resurslarni to‘liq safarbar etish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda paxta yig‘im-terimini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.