Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxtachilik ilmini rivojlantirishda O‘zbek–Xitoy hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda

Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutida Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlar akademiyasi qoshidagi Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda Xitoy Fanlar akademiyasi qoshidagi G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti bilan hamkorlikda “Paxtachilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha Xitoy–O‘zbekiston” mavzusida onlayn ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Tadbirni Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori, akademik Shodmon Namozov ochib, paxtachilik sohasida xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Shuningdek, u Xitoy Paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda G‘arbiy qishloq xo‘jaligi instituti direktori, professor Gao Ley boshchiligidagi xitoylik mutaxassislarning hamkorlik tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirdi. Konferensiya doirasida molekulyar-genetik va biokimyoviy usullar asosida g‘o‘zaning kompleks seleksiyasini olib borish, Xitoy–O‘zbekiston qo‘shma seleksiyasi orqali serhosil g‘o‘za navlarini yaratish, g‘o‘za navlarida tola hosildorligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlari yuzasidan ilmiy taqdimotlar qilindi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda organik paxta yetishtirishning ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini intellektual boshqarish texnologiyalari, suv tanqisligi sharoitida g‘o‘zani sug‘orishda zamonaviy detektorlardan foydalanish, tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishga qaratilgan qisqa rotatsiyali almashlab ekish tizimini takomillashtirish kabi dolzarb yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi. Konferensiya yakunida ikki davlat olimlari ishtirokida qo‘shma dala tajribalari va ko‘rgazmalarini tashkil etish, g‘o‘za seleksiyasi va biotexnologiyalar sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish, g‘o‘za navlari seleksiyasi hamda urug‘lik chigit sifatini birgalikda nazorat qilish, xalqaro loyihalarga qo‘shma buyurtmalar tayyorlash hamda kadrlar tayyorlash dasturlarini, jumladan magistr va doktorantlarni qo‘shma tarzda tayyorlash bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.