Paxtachilik mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi

Bugun qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida paxtachilik mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
ℹUnda joriy yilgi paxta mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar ko‘rib chiqildi. Jumladan, hududlarda yerlarni sifatli tayyorlash, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish, urug‘lik chigit bilan ta’minlash hamda texnika va resurslardan samarali foydalanish masalalari tahlil qilindi.
Vazir mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish, joylarda ishlarni tizimli tashkil etish va jarayonlar ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.
Shuningdek, paxta mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
ℹYig‘ilish yakunida paxta yetishtirish jarayonlarini samarali tashkil etish va hosildorlikni oshirishga qaratilgan vazifalar belgilandi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram