Paxtachilik_kengashi #nav #tavsiya

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining topshirigiga asosan, joriy yilning 17 fevral kuni Qarshi tumanida nav mualliflari ishtirokida Paxtachilik kengashining avvalgi bayonlarida berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan yigʼilish tashkil etildi.
Unda, nav mualliflari, Kengash va ishchi gurux a'zolari tomonidan 2023 yilda tumanda ekiladigan yangi gʼoʼza navlari urugʼlarini sifatli tayyorlash, ekish, mineral oʼgʼitlarni qoʼllash, sugʼorish me'yorlari va boshqa agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan aniq tavsiyalar berildi.
Tavsiyalar yuzasidan Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Sh. Namazov va Sh.Qozubayevlar so'zga chiqdi.
Bizni kuzatishda davom eting.