Paxtachilikda O‘zbekiston-Xitoy hamkorlik doirasi kengaymoqda

Xabaringiz bor, Respublikamiz hududiga xorijdan birinchi marotaba chigit olib kelib ekildi. Jumaladan, “TIAN YE AGRO” kompaniyasi tomonidan 780 tonna “Xinluzao 78” gibrid chigiti turli viloyatlarga ekilib, yuqori hosil olishga erishilmoqda.
Ayni damda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari A. Shukurov va “TIAN YE AGRO” kompaniyasi direktori B.Mahmudov Xitoyning Shinjon viloyati qishloq xo'jaligi, paxta, sholi, g'alla va makka urug'chiligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda qo‘llanilayotgan samarali texnologiyalarni o'rganish maqsadida ushbu provinsiyada boʻlib turishibdi.
Bu yerda tuproq sharoiti og‘irligi, yuqori sho‘rlanish va suvsizlikka qaramasdan paxtadan gektariga 80-100 sentnergacha hosil olinyapti. Xitoylik hamkorlar O‘zbekiston yerlari paxtaga juda mosligi va yuqori hosilga erishish mumkinligini alohida ta'kidlab o‘tishdi. Tashrif davomida paxta va chigitni qayta ishlash hamda urug‘chilik dalalari ko‘zdan kechirilmoqda. Bundan tashqari, Xitoyning “Jinfengyuan” kompaniyasining sholi, g‘alla, makka urug‘chiligi zavodlari va tajriba sinov yerlari bilan o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib olindi.
“TIAN YE AGRO” kompaniyasi O‘zbekistonda keyingi yildan boshlab Xitoy paxta urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish va uni mahalliy sharoitda qayta ishlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirishni reja qilmoqda.
Bizning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |Youtube