Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxtachilikdagi tub burilishlar — “Tahlilnoma” nigohida

Paxtachilikdagi tub burilishlar — “Tahlilnoma” nigohida
O‘zbek paxtachiligida tarixiy islohotlar natijasida sohada yangicha yondashuv va imkoniyatlar paydo bo‘lmoqda. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy etilayotgan yangi navlar, zamonaviy agrotexnologiyalar va ilmiy yondashuvlar kutilgan samarani bermoqda. Endilikda g‘o‘zadagi vegetatsiya jarayonlarini shunchaki kutib o‘tirmasdan, uni ilmiy asosda boshqarishga o‘tilmoqda. Paxtachilik tarixida ilk bor g‘o‘zaga etefon preparati asosida “qaritish” signali berilmoqda. Maqsad — hosilning tez va sifatli pishishini ta’minlash. Bu jarayonlar haqida “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” tahliliy-informatsion dasturi bosh muharriri Ulug‘bek Rahmonqulov bevosita efirda mulohazalarini bildirdi. Pirovard maqsad — mavsumni 4,5 million tonnalik ulkan xirmon bilan yakunlash. Birozdan so‘ng ushbu mavzuda “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan maxsus lavhani rasmiy sahifalarimizga joylaymiz. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.