Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi

Paxtachilikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi
Xabaringiz bor, poytaxtimizdagi “International hotel Tashkent” mehmonxonasida “VIII Butunjahon paxta tadqiqot konferensiyasi" yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Mazkur konferensiya doirasida bir qator hamkorlik uchrashuvlari o’tkazilib, bir qator kelishuvlarga erishilmoqda. Binobarin, bugun qishloq xo’jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Nath Bio - Genes” kompaniyasi direktori Nandkishor Kagliwal bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida paxtachilik sanoatini yanada rivojlantirish, “BT” genini mahalliy navlarga qo’llash, bu orqali mahalliy go’za navlarining stress omillarga chidamliligini oshirish va ko’sak qurtidan hosilni himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvdan ko’zlangan maqsad ham shu. Zero, paxtachilik sektoridagi yangicha yondashuvlar, innovatsion texnologiya va ilmiy nazariyalar ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.