Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Paxtaçilikda yangi davr

Paxtaçilikda yangi davr
Bugun Prezident Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazida Qişloq xöjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boşçiligida "5 million tonnadan ziyod paxta hosili – Yangi Özbekistonning tarixiy ğalabasi" mavzusida matbuot anjumani bölib ötdi. Matbuot anjumanida Qişloq xöjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va tizimdagi Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham iştirok etib, ommaviy axborot vositalari vakillarini qiziqtirgan barça savollarga ilmiy asoslangan va batafsil javob qaytardilar. Anjuman doirasida mamlakatimizda joriy yilgi paxta mavsumida erişilgan natijalar, hosildorlikni oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar, sohada amalga oşirilayotgan islohotlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atrofliça maʼlumot berildi. Şuningdek, matbuot anjumanida Paxta seleksiyasi, uruğçiligi va yetiştiriş agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri Dilbar Raşidova ham asosiy ekspertlardan biri sifatida iştirok etib, "Dunyo böylab" telekanaliga berga intervyusida Özbekistonda paxtaçilik yönalişida erişilayotgan yutuqlar va istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan öz fikrlari bilan örtoqlaşdi. Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.