Paxtaga qo‘shimcha ishlov bering va hosilingizga hosil qo‘shing!

Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermerlari kengashining qo‘shma MUROJAATI
Hurmatli dehqon va fermerlar hamda agrar soha xodimlari!
Bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan, Siz fermer va dehqonlar tomonidan respublika bo‘yicha 889,5 ming gektar shundan, Shinjon usulida 305,2 ming gektar maydonlarda paxta parvarishlanmoqda.
Barchamiz yaxshi tushunamizki, hozirgi o‘ta murakkab iqlim sharoitida ko‘plab sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, ayniqsa bu yil iyul oyining har yilgidan ko‘ra ikkinchi yarmi o‘ta issiq kelayotganligi sababli suvchi, mexanizator hamda chekanka (chilpish) qiladigan dala ishchilariga ish haqqilarini o‘z vaqtida berib, paxtangizda agrotexnik tadbirlarni, jumladan, sug‘orish, kultivatsiya qilish va chikankani o‘z vaqtida tashkil etishni davr taqazo etmoqda.
Xalqimiz Sizdek mirishkor dehqon va fermerlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o‘z ishining haqiqiy ustasi bo‘lgan mexanizator va agronomlar, jonkuyar olim va tadqiqotchilar, klaster xodimlari timsolida ana shunday fidoyi insonlarni ko‘radi va el-yurt dasturxonini to‘kin qilish yo‘lidagi sharafli va olijanob mehnatingizni yuksak qadrlaydi.
Murakkab ob-havo sharoitidan tortib, eng kerakli agrotexnik tadbirlarni qo‘llashgacha bo‘lgan jarayonlardan eson-omon o‘tish oson kechmaydi, albatta.
Eng muhimi, bu yil iyul oyining so‘ngi o‘n besh kunligi va avgust oyining birinchi o‘n kunligi jazirama issiq kunida paxtaning hosilini olib qolib, tunu kun qilgan halol zahmatli xizmatlari mevasi naqadar totli ekanini hosil pishib yetilib, o‘z vaqtida terib-yig‘ib olinib, xirmonga to‘kilgan damda, asosiysi, belgilangan rejalar oshirib uddalanganidan keyingina anglab yetadi.
Ana shundagina fermerning ko‘ngli xotirjam bo‘ladi. Buning uchun esa har bir fermer xo‘jaligi rahbari bugundan boshlab o‘z paxta dalasida “Dolzarb – 20 kun” e’lon qilishi lozim.
Batafsil: https://gov.uz/oz/agro/news/view/193325
Website Telegram Facebook YouTube Instagram