Sayt sinov rejimida işlamoqda: materiallar va tarjimalar hali töldirilmoqda.
Şrift:
Rang:
Mahsulotlar
Sayt xaritasi Kiriş
Gerb

Paxtani yetishtirish emas, pishishini ham boshqarish mumkinmi?

Paxtani yetishtirish emas, pishishini ham boshqarish mumkinmi?
O‘zbek paxtachiligida yangi yondashuvlar amaliyotga kirib kelmoqda. Xususan, g‘o‘zani etefon bilan “qaritish” orqali pishish jarayonini tezlashtirish, ko‘saklarning ochilishini boshqarish va hosilni o‘z vaqtida yig‘ib-terib olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. “O‘zbekiston 24” telekanali “Tahlilnoma” dasturida efirga uzatilgan maxsus reportajda paxtachilikdagi ana shu yangicha yondashuvlar atroflicha tahlil qilindi. Maksus reportajda Qishloq xo‘jaligi vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov o‘z intervyusida paxtani faqat o‘stirish emas, balki uning pishish jarayonini ham ilmiy asosda boshqarish, mavsum davomida to‘plangan oziqa moddalarini ko‘sak va tolaga to‘liq yo‘naltirishning ahamiyatini batafsil ochib berdi. Maxsus reportajni to‘liq tomosha qiling. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube

Manbani Telegramda oçiş

Xatoni ma’muriyatga yuboriş
Rahmat! Xabaringiz yuborildi.