"PINK LADY" OLMASI HAQIDA MA’LUMOT

Nomi: Pink Lady
Vatani: Avstraliya
Gibridlashgan navlar:
Lady Williams va Golden Delicious navlarining chatishmasi.
Mevaning shakli va rangi: Meva yirik, yumaloq shaklda bo‘ladi. Po‘sti pushti-qizg‘ish rangda bo‘lib, ba’zan qizil dog‘lar bilan qoplanadi.
Ta’mi va tuzilishi: Shirin, biroz nordon, suvli va mustahkam tuzilishga ega.
Saqlanishi: Sovuq sharoitda 6-8 oy davomida saqlanishi mumkin.
Hosil yig‘ish va iqlim talabi: Mevalar kech kuzda yetiladi. Iliq iqlim va uzoq quyoshli mavsum talab etiladi.
Foydalanilishi: To‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol uchun va turli desertlar tayyorlashda ishlatiladi.
“Pink Lady” olmasi o‘zining mazali ta’mi, jozibali tashqi ko‘rinishi va uzoq saqlanish xususiyati bilan dunyoda mashhur.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube