Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Pistachilikni rivojlantirishda turkiyalik olimlar bilan qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yiladi

Pistachilikni rivojlantirishda turkiyalik olimlar bilan qo‘shma loyihalar yo‘lga qo‘yiladi
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan Milliy markaz tizimidagi O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti direktori Zafar Ziyayev boshchiligidagi delegatsiya xizmat safari bilan Turkiyada bo‘lib qaytdi. Safar davomida delegatsiya a’zolari pistachilik keng rivojlangan Gaziantep viloyatida joylashgan Pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekistonlik olimlar pista yetishtirish va uni qayta ishlashning zamonaviy usullari, ilg‘or texnologiyalari hamda Turkiya tajribasidagi ilmiy yutuqlarni o‘rgandilar. Shuningdek, delegatsiya a’zolari pista yetishtiruvchi va uni qayta ishlovchi ilg‘or xo‘jaliklar faoliyati bilan tanishib, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli g‘oyalarni muhokama etdilar. Tashrif yakunida o‘zbekistonlik va turkiyalik olimlar kelgusida pistachilik sohasida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.