Pokiston delegatsiyasi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot institutiga Pokiston Islom Respublikasining sut chorvachiligi va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yetakchi hisoblangan "Go Dairy (Private) Limited" xususiy kompaniyasi delegatsiyasi vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif avvalida mehmonlar ilmiy muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishib, institut tarkibidagi zamonaviy laboratoriyalar ish jarayonini ko‘zdan kechirdilar. Shuningdek, xorijlik mutaxassislarga institut olimlari tomonidan yaratilgan yangi ekin navlari hamda ayni paytda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot tajribalarining natijalari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.
WEB| Telegram| Instagram | Facebook| Youtube