Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Polsha kompaniyasi bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Polsha kompaniyasi bilan ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi va Polsha Respublikasining "Agro Trade Holding Spółka z ograniczoną odpowiedzialnością" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Bugun Milliy markaz direktori Shodmon Namozov va ushbu kompaniya rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Muhokamalar jarayonida agratexnologiyalar, seleksiya, chorvachilik hamda agrobiznes yo‘nalishlarida barqaror ilmiy-amaliy hamkorlik platformasini birgalikda yaratishga kelishildi. Ushbu kelishuvni amalga oshirish uchun ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandumda qishloq xo‘jaligi sohasida xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish, seleksiya va urug‘chilikni takomillashtirish belgilangan. Shuningdek, hamkorlik doirasida O‘zbekiston hududida namoyish (demo) maydonlari tashkil etish, yangi o‘simlik navlari sinovdan o‘tkazilib, mahalliy iqlim sharoitiga moslashtirish, genetik material almashinuvi yo‘lga qo‘yish, xalqaro sertifikatlash tizimlarini joriy etish, qo‘shma ilmiy loyihalar va ta’lim dasturlarini hamkorlikda amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.