Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Pomidor — sabzavotmi yoki meva?

Pomidor — sabzavotmi yoki meva?
Pomidorni xush ko‘rmaydigan odamni topish qiyin. Ammo kundalik dasturxonimizdan o‘rin olgan bu mahsulot haqida qanchalik ko‘p bilamiz? Pomidor — botanika nuqtayi nazaridan meva. Oshxonada u sabzavot sifatida ishlatiladi, ammo botanik jihatdan urug‘ hosil qilgani uchun meva hisoblanadi. Pomidor yetishtirish dunyo miqyosida ulkan hajmga ega. 2024-yilda dunyoda 190 million tonnadan ortiq pomidor yetishtirilgan. Eng yirik ishlab chiqaruvchilar qatorida Xitoy, Hindiston va Turkiya turadi. FAO ma’lumotlari asosidagi 2024-yil pomidor statistikasi O‘zbekiston ham yirik pomidor yetishtiruvchilardan. 2024-yilda mamlakatimizdagi barcha toifadagi xo‘jaliklarda 2,3 million tonna pomidor yetishtirilgan. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi Pomidorning minglab navlari mavjud. Ular hajmi, shakli, rangi, ta’mi va yetilish muddati bilan bir-biridan farq qiladi. Qizil rangdan tashqari sariq, pushti, yashil va boshqa rangdagi pomidorlar ham bor. Dunyodagi eng og‘ir pomidor 7,661 kilogramm kelgan. Bu rekord 2025-yil 19-iyulda AQSHning Vashington shtatida qayd etilgan. Pomidorning aylanasi 99 santimetr bo‘lgan. Guinness World Records — eng og‘ir pomidor Bitta shoxda 1 269 dona pomidor bo‘lgan. Bu rekord 2021-yilda Buyuk Britaniyada Douglas Smith tomonidan qayd etilgan. Guinness World Records — bitta shoxdagi eng ko‘p pomidor Bir tupdan bir yilda 32 194 dona pomidor olingan. Bu rekord AQSHdagi Epcot ilmiy loyihasida qayd etilgan. Hosilning umumiy og‘irligi 522,464 kilogramm bo‘lgan. Guinness World Records — bir tupdan bir yilda eng ko‘p pomidor Pomidor o‘simligi 19,8 metr balandlikka ham o‘sgan. Bu rekord 2000-yilda Buyuk Britaniyada qayd etilgan. Guinness World Records — eng baland pomidor o‘simligi O‘zbekiston pomidorni xorijga ham katta hajmda sotmoqda. 2025-yilda mamlakatimiz 45,2 ming tonna pomidorni 12 ta davlatga eksport qilgan. Eksport qiymati 36 million dollarni tashkil etgan. Eng katta xaridorlar — Rossiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston. O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi — 2025-yil pomidor eksporti Demak, pomidor shunchaki dasturxon mahsuloti emas. U dunyoda yuz millionlab tonna yetishtiriladigan ulkan qishloq xo‘jaligi mahsuloti. Uning yetishtirish hajmi ham, eksport bozori ham, hatto jahon rekordlari ham hayratlanarli. Xo‘sh, siz pomidorni sabzavot deb bilarmidingiz yoki meva? Fikringizni izohlarda yozib qoldiring. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.