POYTAXTIMIZDA IQLIM O'ZGARISHIDA GENETIK RESURSLARNI SAQLASH MAVZUSIDA XALQARO KONFERENSIYA BO'LMOQDA

Poytaxtimizdagi "Radisson" mehmonxonasida xalqaro "ICARDA" tashkiloti tomonidan "Global iqlim o'zgarishi davrida genetik resurslarni saqlash" bo'yicha konferensiya tashkil etildi. Unda Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov o'z ma'ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
- Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari 12-noyabr kuni Baku shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP 29)da nutq so'zladi. Prezidentimiz o'z nutqida yaqin orada O'zbekistonda ko‘p tomonlama yetakchi tuzilmalar ishtirokida o‘simliklarning iqlim o‘zgarishlariga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini ishga tushishini ma'lum qildi. Bu Genbank mintaqadagi yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan o‘simliklarning qadimiy mahalliy navlarini jamlash, saqlash va yangilab borishga xizmat qiladi. Biz bu boradagi ishlarni boshlab yubordik. Shuni yana alohida ta'kidlab o'tsam bo'ladi, Prezidentimiz tashabbusi bilan dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan davlatlar uchun yurtimizda Birlashgan Millatlar Tashkilotining innovatsion agrosanoat xabini tashkil etiladi- dedi Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov.
Shuningdek, mazkur konferensiyada Milliy markaz tizimidagi ilmiy muassasalardan olimlar ham ishtirok etmoqda.
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube