Press tur O‘quv-ilmiy tajriba xo‘jaligida davom etmoqda!

“Media savodxonligi va axborot mustaqilligi – Yangi O‘zbekiston poydevori” mavzusidagi press-tur doirasida ishtirokchilar Toshkent davlat agrar universitetining ilmiy tajriba xo‘jaligi hududiga bòlib turishibdi.
Bu yerda jurnalistlar va mehmonlar universitetda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlari bilan bevosita tanishishdi. Jumladan, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan “Meva va sabzavotlarni qayta ishlash va quritish laboratoriyasi”da bo‘lishib, tayyor mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, olimlarimiz tomonidan yetishtirilayotgan meva navlari, xususan, yangi “Fuji” olmalari, olxo‘ri plantatsiyalari hamda “Do‘stlik bog‘i” ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bir so‘z bilan aytganda, OAV vakillari universitetdagi amaliy jarayonlarni nafaqat ko‘z bilan ko‘rib, balki bevosita his qilib, tatib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Website Telegram Facebook YouTube Instagram