Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Press_konferensiya

Press_konferensiya
“Gʻallachilikda dolzarb agrotexnik tadbirlar va ularning samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi Bugun, 2025 yil 13-fevral kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan “Gʻallachilikda dolzarb agrotexnik tadbirlar va ularning samaradorligi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov, tizimdagi g‘allachilikka ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirok etdilar. Matbuot anjumanida Milliy markaz direktori Shuhrat Otajonov 2025-yil hosili uchun 996,9 ming gektar maydonda kuzgi bug‘doy ekilgani, lekin qish faslining me’yorga nisbatan quruq kelgani g‘alla rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidlab, ko‘zlangan hosildorlikka erishish uchun olimlar tomonidan bug‘doy maydonlari uch guruhga ajratilgan holda tahlil qilinib, har bir guruh uchun maqbul agrotexnik tavsiyalar va uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Shuningdek, mutaxassislar 2025-yil hosili uchun ekilgan g‘alla ekinlari hozir murakkab fiziologik jarayonlarni boshdan kechirayotgani haqida ma’lumot berdilar. Noyabr va dekabr oylaridagi o‘zgaruvchan ob-havo tufayli g‘alla ekinlari tinim davriga to‘liq o‘tmay, o‘sish va rivojlanishni davom ettirgan. Yog‘ingarchilikning kamligi hamda quruq va iliq havo sharoiti tufayli tuproqning 20-25 sm qatlamida namlik yetishmovchiligi kuzatilmoqda. Sohaning yetakchi mutaxassislaridan biri Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Oybek Amanov g‘alla maydonlarida bugungi sharoitda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar haqida shunday tavsiyalar berdi: ⏺Nihollari to‘liq unib chiqmagan maydonlarda suv berish orqali tuproqning ishqorli muhitini yaxshilash va sho‘rni yuvish zarur. ⏺Suv orqali tuproqdagi namlik saqlanib, ildiz sistemasining o‘sishi ta’minlanadi va g‘allaning tuplash jarayoni tezlashadi. ⏺Mart oyiga kelib 3-4 ta tup hosil qilishga erishish mumkin. ⏺May oyida havo harorati keskin ko‘tarilganda, tuproqning 30-35 sm chuqurligida namlik saqlanishi va o‘simliklarni mineral oziqlantirish muhim ahamiyatga ega. ⏺Boshoqlarda don to‘liq shakllanishi uchun suspenziya bilan ishlov berish tavsiya etildi. Olimlar ta’kidlaganidek, bu choralar samarali qo‘llanilsa, har gektardan 80-100 sentnergacha hosil olish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, matbuot anjumanida Qishloq xo‘jaligi vazirligi Donli va dukkakli ekinlar bo‘limi boshlig‘i Abdulla Mansurov, Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Ravshanbek Siddiqov, Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti direktori, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor Zohidjon Ziyodullayevlar va boshqa mutaxassislar ommaviy axborot vositalari xodimlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berdilar. Matbuot anjumanida qatnashgan mutaxassislar g‘allachilik sohasida ilg‘or innovatsion yechimlar va agrotexnik tadbirlarning ahamiyatini ta’kidlab, bu borada fermerlar va agronomlar, berilayotgan tavsiyalarni o‘z vaqtida fermerlarga yetkazish uchun ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirish lozimligini qayd etishdi. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.