Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Press_tur

Press_tur
Paxtachilikda zamonaviy yondashuv va yuqori agrotexnologiyalar Sirdaryo viloyatida “Paxtachilikda joriy etilgan yangi agrotexnologiyalar samarasi va xorijiy g‘o‘za navlarining hosildorlik ko‘rsatkichlari” mavzusida press-tur bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilib, unda ommaviy axborot vositalari vakillari, soha mutaxassislari hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari ishtirok etdilar. Press-tur davomida “O‘zdavyerloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti mutaxassislari paxta yetishtirishda ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘rgazmalar o‘tkazdilar. Xususan, uchuvchisiz uchish apparatlari — dronlar yordamida agrotexnik tadbirlarni bajarish jarayonlari ishtirokchilarga namoyish etildi. Shuningdek, ishtirokchilar “Bashiran” rusumli paxta terish mashinalari yordamida amalga oshirilayotgan mexanizatsiyalashgan terim jarayonlarini kuzatdilar. Ular ushbu texnikaning unumdorligi, ishonchliligi ва mehnat samaradorligini oshirishdagi afzalliklari bilan yaqindan tanishdilar. Mutaxassislar ta’kidlashicha, yangi avlod paxta terish mashinalari dalaning relyefi, o‘simlik zichligi va tuproq namligiga mos ravishda ishlay oladi. Raqamli boshqaruv tizimi orqali esa terim jarayoni real vaqt rejimida monitoring qilinadi. Zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish qishloq xo‘jaligi tarmog‘ining rivojida muhim bosqich bo‘lib, resurslardan oqilona foydalanish, hosildorlikni oshirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda. Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling! WEB | Telegram | Instagram | Facebook | Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.