Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Prezident farmoni: 2025 yil paxta hosili bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi

Prezident farmoni: 2025 yil paxta hosili bo‘yicha yangi tartiblar joriy etildi
O‘zbekistonda paxta xomashyosini yetishtirish va sotishda bozor mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha yangi qoidalar belgilandi: - Paxta xomashyosining boshlang‘ich narxi Nyu-York birjasidagi fyuchers kotirovkalari asosida 1 fevralgacha e’lon qilinadi. - Barcha oldi-sotdi shartnomalari (fyuchers, forward, spot) Tovar-xomashyo birjasi savdolari orqali amalga oshiriladi. - Fyuchers shartnomalari: 1-noyabrdan 1-iyungacha boshlang‘ich narxdan past bo‘lmagan holda tuziladi. - Forward shartnomalari: 1-noyabrdan 1-martgacha o‘zaro kelishilgan narxlarda tuziladi. - Spot shartnomalari: Ombordagi hajmdan kelib chiqib, real vaqt rejimida amalga oshiriladi. - Ombor yoki ijaraga olingan joyga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar 1-martgacha forward yoki 1-iyungacha fyuchers shartnomalarini rasmiylashtirishi lozim. Raqobatni rag‘batlantirish uchun: - Birja orqali paxta sotgan xo‘jaliklarga 10% subsidiyalar ajratiladi. - Imtiyozli kreditlarni o‘z vaqtida qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovlarining 4% qismi qaytarib beriladi. Ushbu chora-tadbirlar paxta yetishtirish va sotish jarayonlarida bozor mexanizmlarini yanada samarali joriy etishga qaratilgan. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.