prezident #sessiya

Davlatimiz rahbari shuncha saʼy-harakatlarga, Qoraqalpog‘istonga ajratilayotgan katta-katta mablag‘larga qaramay, aholi kayfiyatiga salbiy taʼsir qilayotgan muammolar saqlanib qolayotganini qayd etdi.
Bugungi kunda ham aholi o‘rtasida ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr taʼminoti, ishsizlik, narx-navo kabi muammolar yuzasidan bildirilayotgan shikoyatlar yuqoriligicha qolmoqda.
Aslida, 2 oy oldingi voqealar negizida ham aholining ayrim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topmasdan yotgani ko‘rsatib o‘tildi.
"Afsuski, ayrim rahbarlar xalqimizga xalol xizmat qilish o‘rniga farovonligini taʼminlashga yo‘naltirilgan mablag‘larni samarasiz sarflash, yaratib berilgan imkoniyatlarni ishga solmaslik, el-yurt uchun jonini berib ishlamaslik holatlariga yo‘l qo‘yib kelmoqda", dedi Prezident.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/2290