Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanining Ittifoq mahallasidagi Yangi Sergeli koʻchasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi hamda mahalla faollari bilan muloqot qildi.

Prezidentimiz amalga oshirilayotgan ishlar aholi turmush darajasi va farovonligiga qanday taʼsir koʻrsatayotgani bilan qiziqdi. Mahalla faollari bu o‘zgarishlar aholi kayfiyatiga, turmush tarzi va daromadiga ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganini, hududning qiyofasi ham, odamlarning ertangi kunga ishonchi ham o‘zgarayotganini ta’kidladi.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official