prezident #videoselektor

Qish-bahor oylarida bozorlarda meva-sabzavotlar narxi barqaror bo‘lishi uchun saqlash va tashish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish zarurligi taʼkidlandi.
Misol uchun, bugungi kunda chetdan qishloq xo‘jaligiga jalb qilingan 140 million dollar uzoq muddatli mablag‘lar banklarda haligacha o‘zlashtirilmagan. Yana 330 million dollar tayyor kredit liniyalari yil boshidan beri harakatsiz turibdi.
“Na banklar, na lizing kompaniyalari rahbarlari, na hokimlar bu mablag‘larni tadbirkorlarga berish bo‘yicha jon kuydirmayapti”, dedi Prezident.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga:
– kelgusi bir yilda hududlarda mahsulotni saqlash bo‘yicha 200 ming tonna quvvatlarni ishga tushirish;
– 100 million dollar hisobidan intensiv bog‘lar va sabzavotchilik, saqlash omborlari, qadoqlash va qayta ishlash loyihalarini boshlab, tadbirkorlarga lizingga berishni yo‘lga qo‘yish;
- barcha viloyatlarda issiqxona egalariga yengilliklar berish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish;
- agrar sohada moliyalashtirish, kredit, lizing va sug‘urta tizimini to‘liq yangilash bo‘yicha qaror loyihasini taqdimot qilish topshirildi.
https://t.me/Press_Secretary_Uz/2338