prezident #yigilish

AHOLI TALABINI QONDIRISH VA EKSPORTNI OSHIRISH
Yig‘ilishda taʼkidlanishicha, iqlim o‘zgarishi va jahondagi murakkab vaziyat sababli oziq-ovqat xavfsizligi asosiy masalaga aylanmoqda. Jahonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining narxi oshishi kutilmoqda. Bunday vaziyatda, avvalo, aholi talabini qondirish hamda eksport imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish kerak. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov bu boradagi rejalar haqida axborot berdi.
Davlatimiz rahbari o‘z navbatida sohadagi dolzarb vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.
– Qishloq xo‘jaligi masalasini alohida eʼtiborga olib, tez-tez muhokama qilib borayotganimiz bejiz emas. Chunki bu iqtisodiyotimizning to‘rtdan bir qismini tashkil qiladigan muhim soha. Buning zamirida xalqimiz farovonligi, narx-navo barqarorligi, qancha ish o‘rinlari yotibdi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
https://president.uz/ru/lists/view/5622