prezident #yigilish

AGROSANOATNI RAQAMLASHTIRISH
Prezidentimiz qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish masalasiga alohida to‘xtaldi.
– Raqamlashtirish bo‘lmasa, sohada haqqoniy statistika bo‘lmaydi. To‘g‘ri maʼlumot bo‘lmagach, agroxizmatlar rivojlanmaydi, fermerlar qachon nimani eksa, ko‘proq daromad olishini bilmaydi. Shuning uchun bu jarayonni tezlashtirish kerak, – dedi davlat rahbari.
Shu yil yakunigacha 3 ta, kelgusi yilda 4 ta loyihani yakunlab, yer hisobi, subsidiya ajratish, ekin maydonlarini monitoring qilishni to‘liq raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.
Umuman, kelgusi yilda sohada 600 mingta ish o‘rni yaratish hamda eksportni 2 milliard dollarga yetkazish maqsadi belgilandi.
https://president.uz/oz/lists/view/5622