prezident #yigilish

Prezident Shavkat Mirziyoyevning agrar sohada yil yakunigacha kutilayotgan natijalar va kelgusi yildagi vazifalar yuzasidan o‘tkazgan yig‘ilishida muhokama qilingan masalalar:
“QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHNING 2020-2030-YILLARGA MO‘LJALLANGAN STRATEGIYASI” IJROSI
Uch yil avval mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi qabul qilinib, katta islohotlar boshlangan edi. Jumladan, meva-sabzavot eksporti 1,7 baravar oshib, 1,1 milliard dollarni tashkil etdi. G‘allachilikda bozor mexanizmlariga o‘tilgani natijasida fermerlar daromadi 2 baravarga oshdi. Aholiga yerlarni bo‘lib berish hisobiga bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ziyod oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirildi.
https://president.uz/ru/lists/view/5622