Prezidentimiz uchinchi ustuvor yo‘nalish – ichki bozorda talabni rag‘batlantirish masalasiga to‘xtaldi.

Bozorlarimizdagi to‘kinlik, narx-navo barqarorligi, aholining iste’mol talabi ortib borayotgani – turmush sifati yaxshilanayotganini ko‘rsatadigan eng asosiy omil.
Ichki talabni rag‘batlantiradigan muhim faktorlardan biri, bu inflyatsiya darajasidir.
To‘qqiz yilda qulay biznes muhiti yaratilib, tovar va xizmatlar hajmi va turi ko‘paytirilgani, kam daromadli oilalar uchun yiliga kamida 1 milliard dollar arzon kredit berilayotgani, inflyatsiya darajasi “bir xonali” raqamga tushirilgani natijasida aholining xarid qobiliyati 2 karra o‘sdi.
O‘tkazilgan so‘rovlar ham, xalqaro ekspertlar tahlillari ham 75 foiz aholining moliyaviy holati keskin yaxshilanganini tasdiqlamoqda.
“Albatta, bu natijalar bilan cheklanib qolmasdan, xalqimizning daromadi va xarid qobiliyatini oshirish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettiramiz”,
– dedi Prezidentimiz.
Facebook|Instagram|X