QADRIYAT

Hashar – obodlik va ezgu niyat ramzi!
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazi va uning tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan 15-16 mart kunlari xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lmish hashar tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Ushbu xayrli tashabbus atrof-muhitni obodonlashtirish va tabiatga e’tibor qaratish orqali ko‘ngillarga ham fayz ulashdi.
Hasharning birinchi kuni – “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida Milliy markaz va Toshkent viloyatida joylashgan ilmiy muassasalar tashabbuskor xodimlari Bo‘stonliq tumanining tog‘ yonbag‘irlarida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Bu nafaqat tabiatga, balki kelajak avlodga ham bebaho tuhfa bo‘ldi.
Bugun esa butun tizim bo‘ylab obodlik va ko‘kalamzorlashtirish ishlari qizg‘in davom etdi. Ilmiy muassasalarning fidoyi xodimlari o‘z hududlarida tartib va tozalik yaratib, atrof-muhitni yanada go‘zallashtirishga hissa qo‘shishdi.
Tabiatni asrash, yashil muhit yaratish – har birimizning burchimiz!
Milliy markazning rasmiy sahifalariga obuna bo'ling!
WEB|Telegram| Instagram | Facebook |▶ Youtube