Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qarovsiz tomorqa — boy berilgan imkoniyat

Qarovsiz tomorqa — boy berilgan imkoniyat
Har bir qarovsiz yotgan tomorqa aslida qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi mumkin. Muhimi, undan qanday foydalanishni bilish. Tolali ekinlar ilmiy tadqiqot instituti olimlari Qibray tumanidagi Botanika mahallasida tomorqa egalari bilan uchrashib, yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. Xususan, kam joyda ko‘proq hosil olish imkonini beradigan qoplarda kartoshka yetishtirish texnologiyasi amalda ko‘rsatildi. Shuningdek, kasallangan tokzorlar o‘rganilib, uzumni kasalliklardan himoya qilish, to‘g‘ri parvarishlash va sifatli hosil yetishtirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ilm-fan tavsiyalari amaliyotga kirib borgan sari, hatto kichik tomorqa ham oila uchun barqaror daromad manbaiga aylanishi mumkin. Milliy markazning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. WEB| Telegram| Instagram | Facebook|Youtube

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.