Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qashqadaryo: ilmiy yondashuv asosida ish tashkil etish asosiy masala bo’lmog’i darkor

Qashqadaryo: ilmiy yondashuv asosida ish tashkil etish asosiy masala bo’lmog’i darkor
Sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turgan qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tashrif avvalida Qashqadaryo viloyati hokimligi majlislar zalida joriy yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ko‘rsatkichlar hamda 2025-yilda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Unda vazirlik mas’ullari, viloyatning qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshliqlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, sohaga aloqador shaxslar ishtirok etdi. Yig‘ilish avvalida, davlatimiz rahbarining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, paxta va g‘alla hosildorligini oshirish yuzasidan bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Binobarin, bugun dunyoda bo‘layotgan global o‘zgarishlar, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik bilan yondashish lozimligi, ilmiy tadqiqot institutlarini barcha mahallalarga biriktirish kerakligi, bunda viloyatdan bir tuman tanlab olinib, xonadonbay ishlash tamoyilini joriy etish tadqiqot ishlarini olib borish zarurligi aytib o‘tildi. O‘z navbatida, Qashqadaryo viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida 2025-yildagi vazifalari bo‘yicha strategiya hamda har bir tumanning drayver yo‘nalishlarini ishlab chiqish kerakligi aytildi. Bunda har bir qishloq xo‘jaligi xodimi tumanlar drayverlari ishlab chiqish kerakligini, ya’ni tizimli ish olib borish zarurligi ta’kidlandi. Umuman olganda bugun bo‘lim boshliqlari, har bir qishloq xo‘jaligi mas’ullari drayver yaratishni bugundan boshlash kerak. Bunda har bir xodim, ishga mas’uliyat bilan yondashish zarurligi aytildi. Shuningdek, kelgusida g‘alla hosildorligini 100 sentnergacha oshirish va bunda zarur agrotexnik tadbirlarning o‘rni muhim ekani, ko‘chat soni, unuvchanligiga ham e’tibor berish hosildorlikni oshirishning muhim jihatlari ekani ta’kidlandi. Viloyatda mahsulotlarni qaytda ishlash masalasi ham asosiy masalalardan biri ekani ta’kidlanib, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, ilm-fan va texnika taraqqiyoti ildam odimlayotgan bir paytda mahsulot yetishtiruvchilar va ishlab chiqaruvchilar o‘zaro munosabatlarda har tomonlama maqbullik nuqtai nazaridan yondashish lozimligini ta’kidlandi. Yig‘ilish yakunida, mas’ullarga har bir tumanni o‘rganish kerakligi hamda tumanlar ombor kitoblarini shakllantirish borasidagi ishlarni jadallik bilan bajarish va tizimli ish tashkil etish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish borasida topshiriqlari berildi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.