Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qashqadaryo: islohotlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda

Qashqadaryo: islohotlar jadal sur’atlarda olib borilmoqda
Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijadorligi bilan yaqindan tanishish maqsadida amaliy tashrif bilan Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Vazir tashrif lokatsiyasiga ko‘ra, "Hosildor Zamin" zamonaviy ko‘chatchilik ta’lim majmuasida bo‘ldi. Bu yerda yangiliklar yaratish borasida shart-sharoitlar yetarlicha va yutuqlar ham shunga yarasha. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishdi. Ushbu majmua 4 gektar ochiq va 1 gektar yopiq ko‘chatxonalar, “in-vitro” laboratoriyasi va o‘quv markazidan iborat bo‘lib, bu yerda bir yilda 200 ming dona mevali daraxt va 100 ming dona tok ko‘chatlari, 200 ming dona mavsumiy gullar yetishtirish hamda yuzlab yoshlarga zamonaviy ko‘chatchilik sir-asrorlarini o‘rgatish imkoniyati yaratilgan. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.