Шрифт:
Цвет:
Карта сайта Войти
Gerb

Qashqadaryo: islohotlar natijasi va yangi imkoniyatlar

Qashqadaryo: islohotlar natijasi va yangi imkoniyatlar
Xabar berganimizdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov sohada kechayotgan islohotlarning bevosita joylardagi ijrosini ko‘zdan kechirish maqsadida ayni paytda navbatdagi tashrif bilan Qashqadaryodabo‘lib turibdi. Joylarda agrar sohadagi islohotlarning ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni joyida o‘rganib, ularning yechimlarini ishlab chiqishni maqsad qilgan vazirning navbatdagi tashrif lokatsiyasi Qarshi shahrida joylashgan Janubiy dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti bo‘ldi. Aytish kerak, 2021-yilda Janubiy dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot institutining Qashqadaryo filiali negizida tashkil etilgan. Institutda 3 nafar professor, 3 nafar fan doktori hamda 16 nafar falsafa fanlari doktori faoliyat yuritib kelmoqda. Mazkur muassasada uzoq yillik ilmiy izlanishlar natijasida bug‘doyning 33 ta, arpaning 4 ta, no‘xatning 2 ta yangi navlari yaratilgan. Vazir institutning ochiq maydon va issiqxonalardagi tajriba dalalarida amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishar ekan, Qashqadaryo qishloq xo‘jaligi o‘ziga xos maktab yaratilganligi, bugun qishloq xo‘jaligi sohasida innovatsion bilim va amaliyotning birgalikda olib borilishi uchun institut yosh ilmiy xodimlari malakasini xorijda oshirish, o‘z navbatida, ma’nan eskirgan, avvallari yaratilgan texnikalarni zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh texnikalar bilan o‘zgartirish, bunda barcha ishlanma va yosh olimlarning izlanishlariga keng o‘rin berilishini ta’kidladi. Website Telegram Facebook YouTube Instagram

Открыть источник в Telegram

Отправить сообщение об ошибке администрации
Спасибо! Ваше сообщение отправлено.