Qashqadaryodagi yana bir ilmiy muassasa - Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining ilmiy-tajriba stansiyasi faoliyati bilan ham tanishdik.

Ilmiy jamoa bilan uchrashuvda laboratoriyalarning holati, dargohdagi ilmiy muhit, olib borilayotgan tadqiqotlar, natijalar xususida muloqot qildik.
Ilmiy-tajriba stansiyaning moliyaviy ahvoli, laboratoriyalar holati, asbob-uskunalar, bino fasadi va obodonchilik holatini qoniqarli deb baholash qiyin. Mavjud muammolarni yechish, stansiyani haqiqiy ilm muassasaga aylantirish borasida hurmatli vazir Ibrohim Abdurahmonov bir nechta topshiriqlari berdi.
Shuningdek, muassasa yosh tadqiqotchilari bilan ham suhbatlashish imkoni bo'ldi. Bu borada ilmiy-tajriba rahbariyati oldiga kadrlar siyosati, moddiy manfaatdorlik, yosh olimlarni qo'llab-quvvatlash masalasini ilgari surdik.
Shuhrat Otajonov |Rasmiy kanali